Dorivorligi: piyoz boshi va yosh barglari organizmni immun tizimini kuchaytiradi, shamollashni davolaydi, nafas olish a'zolariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi,teri kasalliklarini bartaraf etadi, parazitlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladi. O‘simlik tarkibida asosan saponinlar va oqsillar, vitaminlar (100 gramm quritilgan o‘simlik massasida quyidagi biofaol moddalar miqdori Flavonoidlar – 2,8 mg/g, Saponinlar – 1,5 mg/g, Allitsin – 0,6 mg/g, C vitamini – 12,4 mg/100g) hamda makro-mikro elementlar mavjud. Ilmiy nomi: “Anzur piyozi (Allium Stipitatum Regel) . Xalq tilida onzur va anzur piyozi deb ataladi. Xom ashyosi: Urug‘lari va piyoz boshlari (Seeds And Onion Heads) Shifobaxsh xususiyatlari: yurak-qon tomir kasalliklarni davolovchi; oshqozon-ichak kasalliklarini tartibga soluvchi; sovuq tegish va parazitar kasalliklarni davolalovchi; immun tizimini mustahkamlovchi; bakteriyalarga qarshi samarali kurashuvchi; turli xildagi oʻsimta hujayralarini uxlatib turuvchi xususiyati mavjud. yallig‘lanishga qarshi va immunostimulyator ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli antimikrob ta’sir ko‘rsatuvchi. Qanday ishlatiladi? Piyozboshlari oziq-ovqat sifatida foydalaniladi;
Piyozboshlari qayta ishlangan holda istemol qilinadi; Ziravor sifatida ovqatlarga qo‘shiladi (sho‘rva, pishloq, go‘shtli taomlar);
Eslatma: oshqozon ichak tizimida muammosi bor boʻlgan va allergiyaga moyil shaxslar mutaxassis bilan maslahatlashgandan so‘ng iste’mol qilishlari tavsiya etiladi! Muallif: TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi dotsenti M.Nizomova va tayanch doktaranti Z.Uzoqova
Ijtimoiy tarmoqlar: