logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Atirgul — go‘zallik va sog‘lomlik manbai!

view 227

Atirgul (Rosa L.) qadimdan go‘zallik, sevgi va poklik timsoli sifatida qadrlanadi. U nafaqat chiroyli ko‘rinishi va yoqimli hidi, balki shifobaxsh xususiyatlari bilan ham mashhur. Atirgul yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va terini yumshatuvchi ta’sirga ega. Uning gulbarglari Rosae flos dorivor xomashyo sifatida ishlatiladi. Atirgul asabni tinchlantiradi, kayfiyatni ko‘taradi, terini oziqlantiradi va yoshartiradi. Uni choy shaklida ichish, efir moyidan aromaterapiyada foydalanish yoki kosmetik niqoblarga qo‘shish mumkin. Farmatsevtikada atirgul ekstrakti, atirgul suvi va moyi keng qo‘llaniladi. Atirgulni me’yorda qo‘llash sog‘lomlik uchun foydali, biroq teri sezuvchan hollarda ehtiyotkorlik bilan foydalanish tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.