favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ayron ichimligining foydali xususiyatlari!

view 37

Yozning issiq jazirama kunlarida ayran – chanqoq bosish uchun bebaho ne’mat hisoblanadi. U yana ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Har bir xalq uni tayyorlashning o‘ziga xos texnologiyasiga ega va bu ichimlikning turlicha mazasida ham aks etadi.
Ayron ajoyib chanqoqbosdi ichimlik hisoblanadi. Uni jazirama paytlarida ichish orqali organizm yo‘qotgan suyuqlik, mineral va vitaminlar o‘rnini qoplash, uning yordamida esa ochlikni ham yengish mumkin. Ayron ovqat hazm qilish tizimi, ichaklar mikroflorasini yaxshilaydi va shu yo‘l bilan immunitetni kuchaytirishga yordam beradi. Ayronni xush ko‘ruvchi insonlarda disbakterioz kamdan-kam uchraydi, chunki uni muntazam iste’mol qilish ichaklardagi mikroorganizmlar faoliyatini normallashtiradi.
Ichimlik kasallikdan so‘ng o‘zini tiklashga harakat qilayotgan kishilarga ham tavsiya etiladi. Odatda bunday jarayon ishtahaning pasayishi bilan kechadi. Ayron esa ishtahani ochib, kishiga tetiklik bag‘ishlaydi. Ayron ichimligi o‘pkaga kislorod oqimini ta’minlash orqali nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Shu sababdan u bronxial astma, pnevmoniya va bronxitdan aziyat chekayotgan bemorlarga shifokorlar tomonidan tavsiya etiladi.
Sharq ayollari ayrondan hozirga qadar kosmetik vosita sifatida foydalanadi. Undan yuz uchun niqob tayyorlashdan tashqari, u bilan sochlarini ham yuvishadi. Ayron soch ildizlari va uning butun uzunligi bo‘yicha surilib, bosh yarim soatga o‘rab qo‘yiladi, so‘ngra chayiladi. Ayron ichimligini ozish vositasi sifatida ichish mumkin. Ayron ortiqcha vazndan qutulishga ham ko‘mak beradi.
Birinchidan, uning kaloriyasi juda past. Ikkinchidan, u ochlikni qondirish bilan birga organizmga zarur minerallarni yetkazib beradi. Kuniga bir stakan ayron ichish orqali ich qotishi va u bilan bog‘liq muammolar (ortiqcha vazn to‘plash va organizmning zaharlanishi) haqida unutish mumkin. Bir mahal ovqatni (yaxshisi kechki ovqat) ayron bilan almashtirish orqali haftasiga ikki kilogramm ortiqcha vazndan qutulish mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.