logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Besh muhim tashabbus” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi

view 114

Hafta davomida universitetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, talabalar tyutorlar boshchiligida O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurib, “Padarkush” asarini tomosha qildilar. Shuningdek, Zooinjeneriya fakulteti jamoasi tashabbusi bilan talabalar turar joyida “Osh musobaqasi” tashkil etildi. Bundan tashqari, talabalar turar joylarida tozalik holati o‘rganilib, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda odob-ahloq qoidalari yuzasidan davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, 1-2-bosqich talabalariga ma’rifat darslari o‘tkazildi, fakultetlar kesimida talabalar o‘rtasida futbol musobaqalari uyushtirildi.

Ertalabki badantarbiya – sog‘lik garovi” shiori ostida sport mashqlari tashkil etildi. Eng quvonarlisi, universitetning “Yangi yulduzlar” QVZ jamoasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, chorak finalga yo‘l oldi. Mazkur tadbirlar esa talabalarning madaniy saviyasini oshirish bilan birga, ularning jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.