Mazkur darsda Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J. Lapasov, Toshkent viloyati Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i F. Soatov, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari K. Baxromov, I. Abdurasulov va B. Ergashevlar ishtirok etishdi. Dars jarayonida talabalar uchun maxsus videolavhalar namoyish etildi hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Suhbat davomida ochiq muloqot shaklida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek, tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus ko‘rgazma tashkil etilib, unda talabalar yong‘in o‘chirish vositalarini bevosita ko‘rish va ularning ishlash jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

