Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasining Mevachilik va uzumchilik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruv malakaviy ishlari himoyasi Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi.
Himoya jarayonlarida talabalar tomonidan mevachilik va uzumchilik sohasini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish hamda sohada innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlanmalar taqdim etildi.
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruvchilarning ishlari ilmiy-amaliy ahamiyati, dolzarbligi hamda ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan yuqori baholanib, ijobiy natijalarga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






