“Bitiruvchilar bandligi – 2025” dasturi hozir ayni qizg‘in pallada! Toshkent davlat agrar universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida yoshlar uchun yangi hayot boshlanmoqda. Siz hali o‘qishni bitirmadingizmi? Yoki diplomni olgan bo‘lsangiz ham, qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Unda bu tashabbus aynan siz uchun! Ushbu dastur doirasida universitet bitiruvchilari uchun ish beruvchilar bilan jonli uchrashuvlar, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, tavsiya va amaliy maslahatlar tashkil etilmoqda.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, mazkur dasturning bosh maqsadi yoshlarni bozor talablariga mos kasblarga yo‘naltirish, ularni mehnat bozoriga tez, oson va ishonchli tarzda olib chiqish, va albatta, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.









