logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Bor mehrimiz senga, bolajon!”: TDAU jamoasini beg‘araz donorlik aksiyasida faol bo‘lishga chorlaymiz!

view 47

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan an’anaviy “Bor mehrimiz senga, bolajon!” beg‘araz qon topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur xayriya tadbiri tibbiy-ijtimoiy ko‘makka va onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga hayot va umid bag‘ishlash kabi eng olijanob maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Universitetimiz rahbariyati va Kasaba uyushmasi jamoamizni ushbu ezgu tashabbusda yuqori fuqarolik pozitsiyasini ko‘rsatib, ixtiyoriy ravishda qon topshirish orqali aksiyada faol ishtirok etishga chaqiradi.
Aksiya o‘tkazilish muddati: 1–3-iyun kunlari
Manzil: Respublika qon quyish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari.
Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xodimlar va talabalar batafsil ma'lumot va tashkiliy masalalar yuzasidan TDAU Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.
Bolalar salomatligi va kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha universitetimiz vakillariga oldindan samimiy minnatdorchilik bildiramiz!


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.