logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va tariximiz faxri Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Kitobxon talaba” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

view 180

Amir Temur nafaqat qudratli lashkarboshi, balki adolatli hukmdor sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning hayoti va faoliyati bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan har bir fakultetda “Kitobxon talaba” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu doirada O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakultetida ham mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti F. Mamadaliyeva hamda “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch.Latipov ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, tarixiy merosimiz va kitobxonlikning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlar tafakkurini boyitib, ularni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.