Kafedra zamonaviy bog‘ va tokzorlarni barpo etishda yetuk mutaxassislarni tayyorlab, agrar sohaga amaliy bilimli mutaxassislarni yetkazib bermoqda.
Kafedra meva va rezavor o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirish, intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish, ularni parvarishlashning resurstejamkor texnologiyalarini o‘rgatish hamda ekologik toza meva mahsulotlarini yetishtirish sohalarida innovatsion yondashuvni ilgari suradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar orqali real tajriba orttiradilar.
Kafedra yuqori salohiyatga ega:
• 17 nafar professor-o‘qituvchilar
• Ilmiy salohiyat — 77,8%
• 4 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi
• 85% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Ta’lim yo‘nalishlari:
Bakalavriat:
– 60811000 – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
– 60811800 – Mevachilik va uzumchilik
Magistratura:
– 70811801 – Mevachilik
– 70811802 – Uzumchilik va vinochilik
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega:
Ilm-fan, amaliyot va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan ta’lim orqali ekologik va iqtisodiy jihatdan samarador bog‘dorchilik sohasiga hissa qo‘shish.