Kafedra malakali professor-o‘qituvchilarga tayangan holda, dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, ularni farmatsevtik va biologik jihatdan chuqur o‘rganish, ilmiy asoslangan baholash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda.
Kafedra dorivor o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirish, GACP talablariga muvofiq parvarishlash, sifatli xom ashyoni tayyorlash va uni saqlash hamda sanoat miqyosida qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatmoqda
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 16 nafar professor-o‘qituvchilar
13 Nafar doktorantlat
11 Nafar magistrlar
- Ilmiy salohiyat — 63,0%
- 1 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodi
- 88% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Kafedra ta’lim, fan va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirgan holda, dorivor o‘simliklar sohasida ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy faoliyat olib boradi.