logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dorivor qoqio‘t — bahor shifosi va tabiiy davo!

view 22

Dorivor qoqio‘t (Taraxacum officinale Wigg.) qadimdan xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelinadi. Uning bargi, guli va ildizi dorivor xomashyo sifatida ishlatiladi. Dorivor qoqio‘t yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi hamda organizmni tozalovchi xususiyatlarga ega. U jigar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, hazm jarayonini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Bahor mavsumida organizmni vitamin va minerallar bilan boyitishda ayniqsa foydali hisoblanadi. Barglaridan salat tayyorlash, gullaridan damlama yoki choy qilish, ildizidan esa qaynatma hamda tindirma tayyorlash mumkin. Farmatsevtikada dorivor qoqio‘t ekstrakti, quritilgan xomashyosi va tindirmasi keng qo‘llaniladi. Dorivor qoqio‘tni me’yorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Oshqozon-ichak kasalliklari yoki allergik holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.