logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dual ta’lim tizimi: nazariya va amaliyot uyg‘unligining samarali modeli

view 13

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi Dual ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, “Agromuhandislik” yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun “Chirchiq agrotex klasteri” bazasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlari qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishning barcha texnologik sikllarini qamrab olmoqda.

Mazkur dastur doirasida talabalar traktor va qishloq xo'jaligi texnikalarini yig‘ish, agregatlarni sozlash va innovatsion muhandislik yechimlarini tatbiq etishda bevosita ishtirok etib, o‘zlarining nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish maydonida mustahkamlamoqdalar.
Ushbu tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u talabalarga nafaqat akademik bilim, balki ijtimoiy va moliyaviy barqarorlikni ham ta’minlaydi. Hozirda klasterda faoliyat yuritayotgan talabalar o‘z mehnatlariga munosib oylik maosh olish bilan birga, korxona tomonidan bepul transport va tushlik bilan ta’minlangan. Bu esa yosh muhandislarning o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, ularning kelajakda mehnat bozorida yuqori malakali va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
TDAU tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu amaliy model oliy ta’lim sifatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishda, ishlab chiqarish korxonalari uchun tayyor mutaxassislar yetkazib berishda va agrar sohani modernizatsiya qilishda muhim strategik ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.