• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti malakali professor-o‘qituvchilar tarkibiga ega bo‘lib, tuproqshunoslik, agrokimyo, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Fakultet tarkibidagi kafedralar tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tuproqlarning sifat bahosini aniqlash, tuproqlarning agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatini o‘rgatish bo‘yicha ulkan tajribaga ega.
Shuningdek, Respublikada barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklarining bioekologik hususiyatlarini, zararli organizmlarning hududlar bo‘yicha tarqalishini, zarar keltirish darajasini belgilab beradi hamda zararli organizmlarga qarshi agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash choralari yuzasidan tadqiqotlar olib boradi.
Fakultetda 17 ta fan doktori va 51 ta fan nomzodlari faoliyat yuritadi.

link

Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Dekan
Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Yutuqlar

  • 3
    Kafedralar
  • 23
    Professorlar
  • 251
    Bitruvchi

Fakultet tarixi

2004

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-sentyabrdagi 415-qaroriga binoan, Universitetning 2004-yil-15-sentyabr 245-sonli buyrug‘i bilan Oliy o‘quv yurtining fakultet to‘g‘risidagi Nizomiga asosan “Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish” fakulteti bo‘lib tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017-yil 7-avgustdagi 220-sonli “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘igi asosida O‘simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti nomi bilan qayta tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universitetini faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi PQ-4421-sonli qaroriga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yil 26-avgustdagi 132-sonli hamda Universitetning 2019-yil 3-sentyabrdagi 1-9-6/726-sonli buyruqlariga binoan O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti nomi bilan qayta tashkil etilgan.
Fakultet rahbariyati haqida ma’lumot.
Fakultet dekani lavozimida dotsent X.S.Yusupov (2007-2015 yy.), dotsent A.I.Isroilov (2015-2017 yy.), D.U.Ortiqov (2017-2021 yy.), dotsent N.N.Namozov (2021–2025 yy.), 2025-yildan hozirgi kunga qadar fakultetga b.f.nomzodi Sh.T.Shamsiddinov rahbarlik qilmoqda.
О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti