logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Fakultet Kengashida 2025–2026-o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi

view 75

Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida navbatdagi 12-sonli Fakultet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Lapasov ishtirok etdi. Kengash davomida Agrokimyo va tuproqshunoslik, O‘simliklar himoyasi va karantini, Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi hamda Biotexnologiya kafedralarining 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, fakultet dekani tomonidan ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar faoliyati yuzasidan yillik tanqidiy hisobot taqdim etildi. Kengashda Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalar, grant loyihalari, xo‘jalik shartnomalari hamda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


➡️Yangi o‘quv yili uchun qabul ko‘rsatkichlarini ta’minlash, abituriyentlarni ta’lim yo‘nalishlariga keng jalb etish, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.