logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Har kim uddalay oladigan oddiy va samarali usul. Tuproqni kul bilan o’g’itlash bo’yicha tavsiyalar. Har kim uddalay oladigan oddiy va samarali usul

view 183

Tajribali tomorqachilar oddiy kulning juda foydali o’g’it ekanini yaxshi biladi. Kulda o’simliklar uchun o’ttizga yaqin foydali va ozuqaviy moddalar mavjud. Ularning asosiysini esa azot va yod tashkil etadi. Ayniqsa, kul qattiq tuproqqa, unga ekilgan o’simliklarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, qumoq, loyli tuproqlardagi kislotalilikni kamaytiradi, uning tarkibini yaxshilab, hosildorlikni oshiradi. Slanetsli kulda 65-80% ohakli unsurlar bo’lsa, toshko’mir kuli kalsiyga boy. Har ikkalasi ham og’ir tuproqlar tuzilmasi va tarkibini yaxshilaydi. Kul tuproqqa kuzda sepiladi. Natijada tuproqdagi azot miqdori oshadi va mikroorganizmlar faoliyati tezlashadi. Ko’pincha kartoshka va no’xat poyasi ostiga kul sepiladi. Ammo unutmang, kul bilan keragidan ortiq ishlov berish tuproq tuzilmasini ishdan chiqarishi mumkin. Kulni chirindi, go’ng, mayda qum bilan aralashtirib ham sepish mumkin. Ammo parranda go’ngi, ohak va azotli o’g’itlar bilan aralashtirib yerga solish tavsiya etilmaydi.Issiqxonalarda esa suvga aralashtirib sepish yaxshi samara beradi. Qayin o’tini kulida 37% kalsiy, 14% kaliy va 7% fosfor; tol o’tini kulida 43% kaliy; kungaboqar kulida 36% kaliy va 18% kalsiy; bug’doy va javdar somoni kulida 5-6 % fosfor; kartoshka poyasi kulida 20% kaliy, 8% fosfor va 32% kalsiy bor.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.