Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichi yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi. Tanlovning ochilish marosimida Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov ham ishtirok etib, yoshlarga ruhiy ko‘tarinkilik, ishonch hamda omad tiladi. Shuningdek, tanlov yakunida g‘olib o‘quvchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Mazkur tanlovda Toshkent davlat agrar universiteti professor-òqituvchilari hakamlar hay’ati a’zolari sifatida ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar: