favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Koreya delegatsiyasi TDAUda — zamonaviy qishloq xo‘jaligi yo‘lida yangi hamkorlik!

view 23

Toshkent davlat agrar universitetiga Janubiy Koreyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi 15 dan ortiq yetakchi kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Firmmit Co. Ltd kompaniyasi bosh direktori janob Park Sunkee boshchilik qildi. Uchrashuvda aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, vertikal ferma modellarini o‘quv jarayonlariga integratsiya qilish va amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar shuningdek, ilmiy-akademik hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma loyihalar, talaba va mutaxassislar almashinuvi, ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha ham fikr almashishdi.

Ushbu uchrashuv agrar sohada xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi, ayni paytda TDAUda global darajadagi innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yo‘l ochadi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.