logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri boshchiligidagi delegatsiya TDAUga tashrif buyurdi

view 30

Toshkent davlat agrar universitetiga Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Nufuzli mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib oldi hamda universitet faoliyati, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib borildi. Xususan, agrar tarmoqda uchuvchisiz uchish qurilmalari (dronlar)dan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, raqamli va innovatsion yechimlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar agrar ilm-fan yo‘nalishida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish, iqlim o‘zgarishlari sharoitida agrosohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqotlarni kuchaytirish hamda agrar ta’lim va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.