logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida maktab bitiruvchilari TDAUda mehmon bo‘lishdi

view 174

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari “Ma’naviyat karvoni” loyihasi hamda agrar ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida bo'lishdi.

Yoshlar universitetda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, sport majmualari, talabalar turar joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga agrar sohada mavjud ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik dasturlari va qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
➡️Uchrashuvlar davomida bitiruvchilarning kasb tanlashga oid bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni oliy ta’limga jalb etish hamda agrar sohaning kelajakdagi malakali mutaxassislari sifatida shakllanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, “Ma’naviyat karvoni” loyihasining navbatdagi manzili sifatida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi. Markazda o‘quvchilar xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.