logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Na’matak — immunitetni mustahkamlovchi, yurak va teri salomatligi uchun foydali shifobaxsh meva!

view 191

Dorivorligi: Na'matak (Rosa canina L.) qadimdan xalq tabobatida eng foydali o‘simliklardan biri sifatida qo‘llanib kelinadi. U organizmni mustahkamlaydi, shamollash, gripp, yurak va qon tomir kasalliklarida foydali. Shuningdek, u antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va organizm tozalovchi xususiyatlarga ega. Ilmiy nomi: Rosa canina L. Xom ashyosi: Mevasi — Fructus Rosae Shifobaxsh xususiyatlari:
Immunitetni kuchaytiradi; Shamollash va grippda tez sog‘ayishga yordam beradi; Yurak faoliyatini yaxshilaydi; Qon bosimini tushiradi; Teri salomatligini tiklaydi va yoshartiradi. Qanday ishlatiladi: Quritilgan mevasi damlab choy sifatida ichiladi; Sharbat, murabbo yoki sirop holida iste’mol qilinadi; Farmatsevtikada vitamin C manbai sifatida kapsula va sirop shaklida qo‘llaniladi.Eslatma: Me’yordan ortiq iste’mol qilish oshqozon kislotaliligini oshiradi; Oshqozon yarasi yoki gastriti borlar shifokor tavsiyasi bilan iste’mol qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.