NWAFU Toshkent kampusining Horticulture (Mevachilik) yo‘nalishi 2-bosqich magistrantlari uchun dastlabki dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Xitoy va xalqaro himoya komissiyasi a’zolari jarayonni onlayn va oflayn rejimda birgalikda kuzatib bordilar.
Navbatdagi himoyada 3 nafar iqtidorli magistrant qulupnay yetishtirish va uning seleksiyasiga oid muhim mavzularni muvaffaqiyatli taqdim etdi:
Rasulov Kayrat — “Bailu × Xiangye duragay qulupnay avlodlarining biologik xususiyatlari va meva sifatini tahlil qilish”;
Urazboev Azizbek — “Qulupnay ota-ona shakllari va ularning duragay avlodlarining biologik xususiyatlarini oʻrganish”;
Olimov Avazbek — “Xuetu × Xiangye duragay qulupnay avlodlarining oʻsimlik xususiyatlari va meva sifatini tahlil qilish”.
Xitoy va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sanoatining amaliy voqeligiga asoslangan savol-javoblardan so‘ng, komissiya a’zolari uchala talabaning ham ishini bir ovozdan ma’qulladi.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatli qadam bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



