logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetining barcha fakultetlarida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

view 207

21-oktyabr — o‘zbek xalqining milliy g‘ururi, tarixiy qadriyati va ma’naviy birligining ramzi bo‘lgan “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetining barcha fakultetlaridaqator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va ijodiy loyihalar tashkil etildi. Shuningdek fakultetlararo “Til – millat ko‘zgusi” mavzusidagi suhbatlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, she’rxonlik kechalari, rassomchilik mahorat darslari hamda #photo_chellenge o‘tkazildi. Tadbirlar davomida talabalar o‘zbek tiliga bag‘ishlab ijodiy chiqishlar qilishdi, ona tilimizning millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qizg‘in fikr almashishdi.

O‘zbek tili — xalqning ruhi, millatning iftixori. Tilga hurmat — millatga ehtiromdir! Shu bois, universitet jamoasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirlar yoshlarning ona tiliga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.