logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Oziq-ovqat sanoatida Italiya innovatsiyalari endi TDAUda tatbiq etiladi

view 22

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori Narzullo Oblomuradov Italiyaning dunyoga mashhur “PIGO SRL” kompaniyasi vakili Gordan Obradovich bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda oziq-ovqat va agro mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, sohada innovatsion uskunalar va yuqori texnologik yechimlarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “PIGO SRL” kompaniyasi meva-sabzavotlarni sanoat usulida yuvish, saralash, quritish va kompleks ishlab chiqarish liniyalarini yaratish bo‘yicha jahonning yetakchi brendlaridan biri hisoblanadi. Muzokaralar davomida ushbu ilg‘or texnologiyalarni universitet o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga integratsiya qilish, talabalar uchun zamonaviy laboratoriya va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish markazlarini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama tajriba almashish va agrosanoat sohasida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim amaliy qadamlar belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.