Qalampir yalpizning qimmatli xom ashyosi - uning barglari hisoblanadi. Ushbu o‘simlikdan tayyorlangan fitopreparatlar tinchlantiruvchi, og‘riqni kamaytiruvchi, hazmni yaxshilovchi, spazmolitik va antiseptik hamda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Qalampir yalpiz tarkibidagi efir moyi, uning asosiy faol moddasi hisoblanib, mentol, menton, izomenton, neomentol va boshqa biologik faol moddalardan tashkil topgan komponentlardir. Ilmiy nomi Qalampir yalpiz (Mentha × piperita L.) Xom ashyosi:
Barglari (Folia Menthae piperitae) Shifobaxsh xususiyatlari:
Me'da-ichak faoliyatini yaxshilaydi, meteorizm va ko‘ngil aynishini kamaytiradi; Asabni tinchlantiradi stressni ketkazadi va uyqu sifatini yaxshilaydi; Nafas yo‘llarini kengaytiradi va balg‘am ko‘chishiga ko'maklashadi; Og‘riq qoldiradi (tomoq og‘rig'i) va sovituvchi xususiyatga ega; Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Qanday ishlatiladi? Qaynatma va damlamasidan ichki va tashqi muolajalarda foydalaniladi;
Efir moyi ingalyatsiya va massaj uchun qo‘llaniladi; Ziravor sifatida fitochoy holida va fitoichimliklarga qo‘shiladi.
Eslatma: O'simlik efir moyining yuqori konsentratsiyasi va allergik reaksiyalarda; Yurak yetishmovchiligi, bronxial astmada; Homiladorlik va laktatsiya davrida; Ikki yoshgacha bo'lgan bolalar (ayniqsa "mentol"ga sezuvchanlik bo‘lsa) qo‘llash mumkin emas. Muallif: TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi, "Tabiat dorixonasi" to‘garagi a'zosi G. Yaxshibekova
Ijtimoiy tarmoqlar: