Toshkent davlat agrar universiteti hududida qish mavsumida ko‘p yillik manzarali butalar va gullarni sovuqdan asrash maqsadida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, lavanda, rozmarin, bresklet kabi manzarali o‘simliklar hamda boshqa ko‘p yillik buta va gullar agrotexnik talablar asosida maxsus himoya materiallari bilan yopilib, ularning sog‘lom saqlanishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar universitet hududining yashil qiyofasini asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash hamda bahor mavsumida o‘simliklarning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Tabiatga e’tibor, kelajakka e’tibor!
Ijtimoiy tarmoqlar:


