logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qizilmiyaning sirli kuchi haqida bilarmidingiz?

view 124

Qizilmiyaga “mo'jizakor o‘simlik” deya taʼrif berilishi bejizga emas. Chunki undan 110 turdan ortiq dori vositalari olinishi bilan birga, sanoatning 20 yo‘nalishida foydalaniladi.
Respublikamizda mazkur o‘simlikning silliq qizilmiya turi keng tarqalgan bo‘lib, u tabiiy holda o‘sadi. Qizilmiya — dukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasi sershox, dagʻal, boʻyi 40-150 sm, tik oʻsadi.
Qizilmiyaning foydali xususiyatlari: shamollashda; sil; o'pka, jigar, nafas yo'llari va yurak-qon tomirlari kasallanganda; teri kuyishida; bo'g'ma ,onkologik, ovqatdan zaharlanish, oshqozon, me'da hamda o'n ikki barmoq ichak yarasini davolashda tavsiya etiladi.
Qizilmiya qishloq xo'jaligida ham ishlatiladi. Undan ajratib olingan faol moddaning 1 milligrammini 1 litr suvga aralashtirib, kartoshkaga ishlov berilsa, kurtakning uyg'onish ko'rsatkichi 28 foizga oshadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.