Dorivorligi: Barg damlamasi, murakkab sano damlamasi (Vena ichimligi), quruq ekstrakt (tabletka holida chiqariladi), senadeksin, senade, glaksena (tabletka holida chiqari ladi), bargdan tayyorlangan kukun — murakkab qizilmiya (chu chukmiya) kukuni, sano bargi va mevasi kafiol murakkab pre parat tarkibiga kiradi. Meva tarkibida smola bo‘lmagani uchun u ancha yumshoq ta’sir ko‘rsatadi. Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qo‘llaniladigan choy-yig‘malar tarkibiga kiradi. Ilmiy nomi: O‘tkir (nayza) barg sano — Cassia acutifolia Del. Xom ashyosi: Sano bargi va mevasi – (Folia et fructus (foliculi) Sennae) Shifobaxsh xususiyatlari: Ko‘rish funksiyasini yaxshilaydi; Jigarni zararli moddalar va toksinlardan tozalashga yordam beradi; Qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi; Yo‘qori qon bosimini pasaytiradi; Qon tomir devorlarining elastikligini oshiradi; To‘qimlarning shishishini engillashtiradi, tanada ortiqcha suvni olib tashlaydi; Ichaklarni normal holatga olib keladi. O‘simlik shuningdek inson immunitet tizimiga ajoyib ta‘sir ko‘rsatadi, tananing himoya kuchlarini va patogen mikroorganizmlarga chidamliligini oshiradi
Qanday ishlatiladi: Sano preparatlari surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi smolalar spirtda va qaynoq suvda eriydi, bu smolalar ichakni og‘ritish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham tayyorlangan damlamani sovitib, smola cho‘kkanidan keyin filtrlash lozim. Ba’zan barg tarkibidagi smolani spirtda eritib, keyin dori turlari tayyorlanadi Eslatma: Yo‘qori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi dotsenti D.Berdibayeva
Ijtimoiy tarmoqlar: