logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Talaba Fest” doirasidagi tadbirlar qizg‘in davom etmoqda

view 22

“Talaba Fest” festivali doirasida talaba-yoshlarning ijodiy va sport salohiyatini namoyon etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, festival ishtirokchilari uchun “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda talaba-yoshlarning tasviriy san’at yo‘nalishidagi ijodiy ishlari namoyish etildi. Ko‘rgazmada Vatan, tabiat, yoshlar hayoti, milliy qadriyatlar va zamonaviy taraqqiyot mavzularini aks ettiruvchi rang-barang asarlar o‘rin oldi.
Shuningdek, hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba sport o‘yinlari” doirasida sport sinovlari va musobaqalari ham tashkil etildi. Sport tadbirlari davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Festival davomida o‘tkazilayotgan bunday ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, ijodiy va sport tadbirlari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.