O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov hamda universitet ishchi guruhi a’zolari universitetga biriktirilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
O’rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari, kutubxonasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim sifatini oshirish va kelgusida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslarini tashkil etish masalalari kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



