logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU olimasining paxtachilik bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqoti e’tirof etildi

view 29

Toshkent davlat agrar universiteti О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti olimasi Saidova Munisa Ergashevna qishloq xo‘jaligi ilm-fani rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun munosib taqdirlandi.

Olimaning "Journal of Cotton Research" xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan "Silicon-based adaptive approaches to enhance cotton (Gossypium hirsutum L.) resilience under salinity stress" nomli ilmiy maqolasi paxtachilik sohasidagi dolzarb muammolardan biri — sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning stressga chidamliligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kremniy asosidagi innovatsion preparatlar, ayniqsa Aminosid-Silicon, g‘o‘zaning unuvchanligi, fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari, tola sifati hamda hosildorligini sezilarli darajada yaxshilashi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Mazkur ilmiy yutuq Toshkent davlat agrar universitetida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy izlanishlar, xalqaro ilmiy hamkorlik va agrar sohani innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarning yana bir muhim natijasi bo‘ldi.

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Saidova Munisa Ergashevnani ushbu e'tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.