logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU TALABALARI STARTAPLARINI «BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI» QO‘LLAB-QUVVATLAYDI!

view 23

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etish va talabalar tadbirkorligini rivojlantirish borasida yangi istiqbollar ochilmoqda. Bugun universitetda "Biznesni rivojlantirish banki" mas’ul vakillari — Boshqaruv raisining o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov hamda Ma’lumotlar ombori (DWH) bo‘yicha bosh direktor Ziyoviddin Orifxo‘jayev hamda soha vakillari talabalar bilan uchrashishdi. Mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib oldi va oliygohdagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida universitetda yaratilgan ijodiy muhit, xususan, talabalar tomonidan chizilgan portretlar va badiiy ishlanmalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, o‘zining noyob startap loyihalariga ega bo‘lgan iqtidorli talabalar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Talabalarning agrar soha, raqamlashtirish va tadbirkorlikka oid biznes-g‘oyalari bank mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Bank mutasaddilari talabalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tegishli talablarga mos kelgan taqdirda, ularni kelgusida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga va investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Ushbu hamkorlik yosh startapchilar uchun o‘z bizneslarini noldan boshlash va agrar sohada innovatsion yechimlarni joriy etishda ulkan imkoniyat eshigini ochadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.