logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abdurahmonovning “Xalq so‘zi” gazetasidagi maqolasi motivatsiya manbai bo‘ldi

view 133

Xabaringiz bor, “Xalq so‘zi” gazetasining 2025-yil 10-sentabrdagi 187-sonida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abdurahmonovning “Ilmiy yangilik va innovatsiyalar qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish, hosildorlikni ko‘tarish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi maqolasi chop etildi. Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K. Sultonov boshchiligida mazkur maqola tahliliga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda ilmiy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, qishloq xo‘jaligida malakali kadrlarning o‘rni va yoshlarning agrar soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berilgani ta’kidlandi.

Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti doktorantlari, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi. Ushbu jarayondan talabalar ushbu maqoladan ilhomlanib, yurtimiz agrar sohasini rivojlantirishda o‘z bilim va salohiyatlarini safarbar etishga bel bog‘lashlari, yuqori malakali mutaxassis bo‘lish uchun ilm olish, mustaqil izlanish va kasbiy mahoratni oshirish muhimligini qayd etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.