Toshkent davlat agrar universitetining faol va iqtidorli talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Venchjou fan va texnologiya kasb-hunar kollejida 1 oylik amaliyot dasturida ishtirok etmoqda. Bir necha bosqichdan iborat tanlov va suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar 7-iyun kuni Xitoyga jo‘nab ketgan bo‘lib, u yerda amaliy mashg‘ulotlarga faol jalb etilgan. Talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini xalqaro tajriba bilan boyitib, amaliyot orqali mustahkamlashmoqda.
Venchjouda amaliyot o‘tayotgan talabalar nafaqat o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda, balki Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchilari – Narinbaeva Gulnora va Djamalova Asal rahbarligida amaliy-xo‘jalik obyektlariga tashrif buyurib, Xitoyning tarixiy-madaniy obidalari bilan ham yaqindan tanishishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar: