Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shimoliy G‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro qishki lager dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Qishki lager doirasida talabalar zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, agroinnovatsiyalar, o‘rmon xo‘jaligini boshqarish, ekologik barqarorlik hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati yo‘nalishlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Shuningdek, dastur davomida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, laboratoriyalar va tajriba maydonlariga tashriflar tashkil etilmoqda.
Mazkur xalqaro ta’limdagi tajriba TDAU talabalari uchun bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish, xorijiy ta’lim muhitini o‘rganish hamda kelgusida qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarida faol ishtirok etish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:

