Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan respublika hududlarida xotin-qizlarni pillachilik sohasiga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini shakllantirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 maydagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-72-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 29 yanvardagi “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. O‘quv-seminarlarda ipak qurti boqish orqali o‘z daromadini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan xotin-qizlar “Pilla — daromad manbai” tamoyili asosida soha mutaxassislari bilan fikr almashmoqda. Shuningdek, TDAU professor-o‘qituvchilari tomonidan Daniyarov Umirzak To‘xtamirodovich – Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida, professor Navruzov Sobir Navruzovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda professor Umarov Shavkat Ramazonovich – Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida o‘quv kurslari olib borildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida pillachilik jarayonining barcha bosqichlari — ipak qurtini parvarishlash, sifatli ozuqa bilan ta’minlash, hosilni yig‘ib olish va topshirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda. Ishtirokchilar amaliy tavsiyalar, zarur ko‘rsatmalar hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanmoqda.
Ushbu o‘quv kurslari orqali xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyati oshirilib, pillachilik sohasida barqaror daromad manbaini yaratish hamda sohani zamonaviy bilim va tajribalar asosida rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


