Xitoy Xalq Respublikasining Qishloq xo‘jalik akademiyasida Toshkent davlat agrar universiteti professori R.A. Jumayev ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning amaliyotga joriy etilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Akademiyada o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning patentlash bosqichlari hamda investorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetimizning “O‘simliklarni himoyasi va karantini” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

