logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqalari boshlandi

view 0

Toshkent davlat agrar universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining universitet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 12-oktabr kuni musobaqalar voleybol sport turi bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasidagi bahslar bilan boshlandi. Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat.

Fakultetlar jamoalari o‘rtasida kechayotgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda. Ertaga, 13-oktabr kuni esa voleybol musobaqalarida yigitlar jamoalari maydonga tushadi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqalarning hududiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.