logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Yangi yil mo‘jizasi” karnavali bo‘lib o‘tdi

view 134

Toshkent davlat agrar universitetida universitet xodimlarining farzandlari uchun “Yangi yil mo‘jizasi” deb nomlangan “Yangi yil karnavali” bayram tadbiri o‘tkazildi. Mazkur karnaval bolajonlar uchun haqiqiy quvonch va mo‘jizaviy kayfiyat ulashdi.“Yangi yil mo‘jizasi” karnavali teatr namoyishlari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, musiqa va raqslar bilan ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Bolajonlar uchun alohida o‘yinlar va viktorinalar tashkil etilib, barcha ishtirokchilar mo‘jizaviy sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu bayram tadbiri universitet jamoasining oilalariga bo‘lgan e’tiborini ifoda etadi. Tadbirning asosiy maqsadi bolalarga bayramona kayfiyat ulashish va ularning qalbida unutilmas xotiralar qoldirish bo‘ldi.

“Yangi yil mo‘jizasi” karnavali TDAU an’analari doirasida o‘tkazilib, bolajonlar va ularning ota-onalariga cheksiz quvonch ulashgan holda, samimiy birlashuv ruhi bilan yodda qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.