favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi agrar sohada ilg’or texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi

view 32

Bugun universitetimiz delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shaxrida davlatimiz rahbarining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi. "Made in Karakalpakstan" ko'rgazmasi hamda "Qoraqalpog'istonda investitsiya kiriting" investitsiya forumi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov tomonidan kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, inson resurslarini rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanish, kafolatli mehnat bozorini shakllantirishga xizmat qiladi.


Shuningdek ushbu forumda mamlakatimizning xorijdagi elchilari, chet ellik investorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, Qoraqalpog'istonda yaratilgan sharoitlar, investitsiya qilish imkoniyatlari, shu jumladan qishloq xo'jaligi bilan bog'liq loyihalar muhokama qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.