TDAU Umumiy zootexnologiya va zootexnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD D.R. Dehqonova Xitoy Xalq Respublikasining Guangdong Ocean Universityda amalga oshirilgan akademik almashinuv dasturi doirasida ushbu universitetning yetakchi professor va tadqiqotchilari bilan hamkorlikda Q1 toifadagi (eng yuqori kvartilga mansub) nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirdi. Mazkur ilmiy natija Q1 darajadagi xalqaro jurnalda maqola chop etilishi orqali, Toshkent davlat agrar universitetining ilmiy izlanishlari yuqori sifatga egaligi, professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati va universitetning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faol o‘rnini yaqqol namoyon etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
