favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti-Nanjiang qishloq xo‘jaligi universiteti: xalqaro hamkorlik taraqqiyot kalitidir

view 30

Hech birimizga sir emaski yildan yilgan universitetimizning xalqaro maydonlardagi hamkorlari salmog'i yil sayin ortib bormoqda. Xitoy Xalq Respublikasining yana bir nufuzli ta'lim dargohi Nanjiang qishloq xo‘jaligi universiteti ham ushbu hamkorlar qatoridan joy oldi. Universitetimizda bo'lib o'tgan uchrashuv davomida xorijiy universitet vakillari bilan qator masalalarda hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etish muhokama qilindi. Xususan, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, shu bilan bir qatorda Nanjiang qishloq xo‘jaligi universiteti tasarrufidagi 3 ta ilmiy jurnalda TDAU tadqiqotchilarining izlanishlari natijalarini nashr qilish borasida kelishuvlarga erishildi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.