Xorazm, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida 2025-yilgi paxta va g‘alla yig‘im-terimi mavsumida foydalanilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini “Saqlov qoidalari” asosida saqlovga olishga bag‘ishlangan mintaqaviy ilmiy-amaliy o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sohaga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish uslublarini o‘rtoqlashdilar. Universitet olimlari tomonidan turli rusumdagi paxta terish mashinalari va g‘alla kombaynlarini saqlovga tayyorlash jarayonining muhim bosqichlari bo‘yicha ko‘rgazmali master-klass o‘tkazilib, texnikalarni tozalash, mexanik qismlar, elektr tizimlari hamda akkumulyatorlarning himoyasini ta’minlash yo‘nalishida amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus metodik qo‘llanmalar ishtirokchilarga taqdim etildi. Ushbu materiallar mexanizatorlar va fermerlar uchun ishonchli nazariy manba hamda samarali amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


