Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish uchun universitet psixologlari S.Abdullayeva va D.Shukrullayeva tomonidan talabalar o‘rtasida psixoprofilaktik uchrashuvlar tashkil etilib, stress, o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy moslashuv muammolari aniqlanmoqda va bartaraf etilmoqda. Jamoaviy zo‘ravonlik, psixologik bosim va kamsitish holatlarining oldini olishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Talaba-yoshlarning muloqot madaniyati, nizoli vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalari va ijobiy fikrlash kompetensiyalari rivojlantirilmoqda. Xotin-qizlar bilan alohida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, ularning ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Harbiy qismlarda ham ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda seminarlar tashkil etilib, emotsional bosim, ruhiy zo‘riqish va psixologik himoya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



