logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov universitet va akademik litsey hududini kózdan kechirdi

view 114

Jarayon davomida talabalar turar joylari, yo‘llar, yashil hududlar hamda infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi. Rektor hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, turar joylarda qulay muhit yaratish, yo‘llarni ta’mirlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, universitet hududida yashil maydonlarni kengaytirish, ko‘chatlar ekish, gulzorlar barpo etish orqali yanada ko‘kalamzor va maftunkor maskan yaratish kerakligi aytildi.

Bu tashabbuslar nafaqat talabalar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, balki ularning darsdan tashqari vaqtlarda ham maroqli dam olishlari, ilm olishlari uchun sog‘lom va zamonaviy muhit barpo etishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.