logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Tabiiy fanlar kafedrasida 1-bosqich talabalari ishtirokida kimyo fanidan qiziqarli tajribalar ótkazildi

view 124

Mazkur tajribalarda kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida “Kimyogar” to‘garagi a’zolari hamda kafedra laborantlari tomonidan bir qator qiziqarli tajribalar òtkazildi.Tajribalarda bevosita O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Boboyev hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i U.Ballasovlar ishtirok etishdi. Barcha talabalar jarayonlarni ishtiyoq va qiziqish bilan kuzatib turishdi. Ushbu tajribalar darslar o‘tayotgan barcha laboratoriya xonalarida ketma-ket tarzda tashkil etildi.

Talabalar oddiy nazariy bilimlar ortida qanday hayratlanarli kashfiyotlar yashiringanini bevosita ko‘rib, ularning kimyoga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi. Ushbu tajribalar talabalarni tabiiy fanlarga qiziqtirish va amaliy bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.