logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Milliyligimiz ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbirlar òtkazildi

view 27

Toshkent davlat agrar universitetida universitet tyuterlari va talaba-yoshlari tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrash, boy ma’naviy merosimizni chuqur anglash hamda yoshlar ongida vatanparvarlik va milliy o‘zlikni mustahkamlash maqsadida “Milliyligimiz ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusi doirasida talabalar turar joylarida milliyligimizni yodga soluvchi turli tadbirlar, talaba-qizlar òrtasida bellashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi. Mazkur davra suhbatlari davomida milliy an’analar, urf-odatlar, ma’naviy meros, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho qadriyatlar hamda ularning bugungi yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashishdi.

Shuningdek, tadbirlarda talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, sog‘lom fikrlash madaniyatini shakllantirish va milliy g‘ururni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.