8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ularning ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tizimida ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoyi ayollar Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Ular orasida Toshkent davlat agrar universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi G. Shodmonova ham borligi quvonarli.
Mazkur mukofot universitet jamoasining xotin-qizlar ilm-fan sohasidagi izchil sa’y-harakatlari e’tirofi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


