logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti va Italiyaning Tuscia universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

view 44

O‘zbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi doirasida Italiyada bo‘lib turgan Toshkent davlat agrar universiteti prorektori A. Abduvasikov Università degli Studi della Tusciaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelishuv professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma va ikki diplomli dasturlar, ilmiy loyihalar hamda akademik mobillik yo‘nalishlarini qamrab oladi. Shuningdek, delegatsiya Food and Agriculture Organization of the United Nationsning Rim shahridagi bosh qarorgohida “E-learning Academy” loyihasi doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Mazkur kelishuvlar Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.