logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda Yoshlar bandligi va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

view 14

2026-yil 24-fevral kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbus va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha qator muhim vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrrasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarga yoshlar bandligini ta’minlash mexanizmlari, startap loyihalarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish imkoniyatlari, bank kreditlari hamda imtiyozli moliyaviy instrumentlardan foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaliy misollar asosida biznes-reja tuzish, loyiha samaradorligini baholash hamda moliyaviy resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Seminar-trening ochiq muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga o‘z g‘oya va takliflarini ilgari surish, bank mutaxassislari bilan bevosita fikr almashish imkonini yaratdi. Mazkur tadbir Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish hamda ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.